IT va CyberSecurity ning farqi nimada ?

IT va CyberSecurity ning farqi nimada ?

ho'sh bu maqolani o'qishingizga qadar siz ham men kabi Hacker ni IT ni odami deb hisoblagansiz, ammo aslida ham shundaymi ? Uni IT ga aloqasi bormi ? Shu savollarga Alloh qodir qilgancha javob izlaymiz.

IT nima o'zi ?

Shu savolni bir o'ylab ko'rganmisiz ? IT bu biror bir mashina yoki Kompyuterni avtomatlashtirish qisqacha qilib aytganda qurish. IT dagi dasturchilarni esa shunchaki quruvchi desak bo'ladi. IT fokusni dastur yasash, mehanizmlarni avtomatlashtirishga qaratadi.

Ho'p unda CyberSecurity nima ?

CyberSecurity o'sha qurilgan dasturlarni himoyalash, yoki ularni buzishga qaratilgan sohadir (qisqa va lo'nda aytganda). Cyber Security fokusni Tizimning ishlashiga, mehanizmlarni qanday tuzilganiga, dasturning ishlash jarayoniga qaratadi.

Hackerlar kimlar ?

Hackerlar esa Cyber Security sohasidagi kasb egalari ular 3 xil bo'ladi (ba'zi manbalarda 4 xil): Qora shlapali, Oq shlapali va Kulrang shlapali. Qora shlyapalalilar buzishga, o'marishga e'tibor qaratishadi. Oq shlyapalilar buzadi va buzgan joyini yamab chiqib ketadi, Kulranglar esa o'z manfaatini o'ylovchi hudbinlar deb tushuntirshak o'quvchi uchun ancha tushunarli bo'ladi.

Hech qachon hacker va dasturchi bir odam emas va bir bo'lolmaydi ham !