Social Engineering nima ?

Social Engineering nima ?

Social Engineering ? hmm bunaqa narsaga oldin ko'zingiz tushganmi yoki yo'q bilmadimku ammo agar birinchi marta eshitayotgan bo'lsangiz ijtimoiy tarmoqlar yaratuvchilari shunday deb atalsa kerak deb o'ylasangiz kerak, aslida esa deyarli unday emas. Oradagi farqni yozuvda ifoda qilsak [ ] mana shuncha masofada undan uzoqroq soha. Xo'sh Social Enginner kim, Social Engineering nima ?

Social Engineering bu odamlarni manipulyatsiya qilish orqali ularning ishonchli ma'lumotlarini qo'lga kiritish (Facebook esimga tushib ketdi). Social Engineer lar sizni parollaringizni, bank ma'lumotlaringizni qo'lga kiritishga urinishadi, qanday deysizmi viruslar, shaxsiy munosabatlar va email xabarlari orqali.

Ozgina misol keltiraymi ? Ha mi ? Unda kettik !

Social Engineering haqida misollar

Do'stingizdan email yuborish

Agarda Social Engineer sizni do'stingizni emailiga kira olgan bo'lsa unda hamma emaillar ro'yhati kim bilan nima gaplashilgani ro'yhati bo'ladi va buni natijasida sizdagi ma'lumotlarni o'ziniki qilishi mumkin. Misol tariqasida aytishim mumkinki u email xabarda sizni shubxalantiradigan hech narsa yo'qdek ko'rinadi ammo u xavfli email xabari bo'ladi, ya'ni unda Social Engineer rasm ichiga backdoor ochish maqsadida Script joylagan bo'ladi.

Social Engineering haqida o'ta qisqacha yozishga harakat qildim hammaga tushunarli va ko'p vaqt ketkazmaydigan qilish uchun. E'tiboringiz uchun kattakon rahmat yana maqolalar yozishda davom etaman !

  • Social Engineer - Black hat Hacker desak ham bo'ladi
  • email - elektron pochta
  • backdoor - tizimga kirish uchun eshik
  • script - biror bir narsani avtomatlashtiruvchi yozuv

    @Blackarcher_uz